Asosiy qismga ötiş

Maxfiylik siyosati

Sayt qanday ma'lumot töplaydi, oçiq manbalardagi şaxsga doir ma'lumot bilan qanday işlaydi, u qayerda saqlanadi va huquqlaringiz.

Oxirgi yangilaniş: 2026-yil 13-noyabr.

Bu matn lotin yozuvidagi asl matndan avtomatik ögirilgan. Farq bölsa, lotin yozuvidagi matn ustun.

1. Biz kimmiz

«Uytekshir» sayti (uytekshir.uz; bundan keyin — Sayt). Sayt va şaxsga doir ma'lumotlar bazasi operatori — «SYNCSOFT» MÇJ (STIR 313418182; manzil: Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz, Turon MFY, Turon köçasi, 42). Murojaatlar uçun: info@mockint.uz, +998 90 810 03 52. Pullik tekşiruv şartlari — ommaviy ofertada.

2. Saytdan foydalanganingizda qanday ma'lumot olinadi

  • Kiriş (Telegram orqali). Manzilni tekşiriş uçun Telegram orqali kiriş kerak. Telegram'dan raqamli Telegram ID, foydalanuvçi nomingiz (username) va Telegram'dagi ismingiz (ism va familiya — körsatilgan bölsa) olinadi va saqlanadi; ular har kirişda yangilanadi (2026-yil 13-noyabrdan; undan oldin kirganlarniki — keyingi kirişda). Telefon raqamingiz va rasmingiz olinmaydi. Foydalanuvçi nomi va ism faqat akkauntni aniqlaş va murojaatlaringizga (masalan, pulni qaytariş söroviga) javob beriş uçun işlatiladi: Saytda boşqalarga körsatilmaydi va uçinçi şaxslarga berilmaydi. Kiriş uçun bir martalik kod (10 daqiqa) va brauzer belgisi işlatiladi: serverda ularning faqat bir tomonlama xeşi saqlanadi va 1 kundan keyin öçiriladi (suiiste'molni çeklaş uçun — bir IP manzildan soatiga 20 ta uriniş — kun bilan almaşadigan kalit bilan IP xeşi ham). Akkaunt Saytdan foydalanguningizça saqlanadi; uni öçirişni 5-bölimdagi manzil orqali söraşingiz mumkin (tölovlar hisobi qonunda belgilangan muddat saqlanadi).
  • Cookie. Faqat xizmat işlaşi uçun zarur cookie'lar: «ut_session» — kirganingizni bildiradi (30 kun), «ut_login» — kiriş jarayonida (10 daqiqa). Ular reklama yoki kuzatuv uçun işlatilmaydi. Taşqi analitika xizmatlaridan (Google Analytics, Firebase va boşqalar) foydalanilmaydi.
  • Tekşiruvlar hisobi. Akkauntingiz böyiça bepul tekşiruv işlatilgani hamda sotib olingan, işlatilgan va qaytarilgan tekşiruvlar soni sanasi bilan saqlanadi (bu hisobda manzil yöq). Öşa uyni 24 soat içida bepul qayta tekşiriş uçun brauzeringizda (localStorage) imzolangan ruxsatnoma saqlanadi — unda manzil yöq va u serverda saqlanmaydi.
  • Tekşiruvlar tarixi («Tekşiruvlarim»). Kirgan holda sizga berilgan har bir natija akkauntingizga yoziladi: sayt körsatgan manzil (yoki xaritadagi nuqta, kadastr raqami), sana, xulosa va öşa paytdagi tekşiriş röyxati — keyin öşa kungi natijani qayta körişingiz uçun. Tarix faqat sizga körinadi, uçinçi tomonga berilmaydi, 12 oy (500 tagaça yozuv) saqlanadi; öşa uy 24 soat içida qayta tekşirilsa, yangi yozuv emas, öşa yozuv yangilanadi. Misol tugmalari va kirmagan holdagi tekşiruvlar yozilmaydi. Tarixni öçirişni 5-bölimdagi manzil orqali söraşingiz mumkin.
  • Tölovlar. Tölov Multicard tölov tizimi sahifasida amalga oşiriladi; karta ma'lumotlari bizga kelmaydi. Biz buyurtma raqami, summa, tekşiruvlar soni, tölov holati va vaqti, tölov tizimidagi tranzaksiya raqami va fiskal çek havolasini, pul qaytarilgan bölsa — qaytariş vaqti va qaytariş çeki havolasini saqlaymiz. Tölov tizimi xabarida keladigan telefon raqami, maskalangan karta raqami va karta tokeni saqlanmaydi. Tölanmagan buyurtmalar 30 kundan keyin öçiriladi; tölangan va qaytarilganlari buxgalteriya va soliq hisobi uçun qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Tölov qabul qilingani, pulni qaytariş sörovi olingani va pul qaytarilgani haqida kirişda foydalangan Telegram botimiz sizga xabar yuboradi (summa, tekşiruvlar soni va xarid raqamining boşi — manzilsiz); xabarlar röyxati 30 kundan keyin öçiriladi. Telegram tilingiz (özbek yoki rus) şu xabarlar uçun eslab qolinadi.
  • Taşriflar statistikasi. Saytdan qanday foydalanilayotganini biliş uçun oçiq kodli Umami dasturi işlatiladi. U faqat bizning serverimizda (Özbekistonda) işlaydi, ma'lumot uçinçi tomonga yuborilmaydi. Sahifa oçilganda quyidagilar yoziladi: sahifa yöli (masalan, «/maxfiylik» — URL parametrlari va xaritadagi nuqta yozilmaydi; faqat reklama havolalaridagi «utm_» belgilari, masalan «utm_source=instagram», qaysi kanaldan kelganingizni biliş uçun yoziladi), qaysi saytdan ötganingiz (sayt va sahifa yöli), brauzer, operatsion tizim va qurilma turi, ekran ölçami, til hamda IP manzil böyiça aniqlangan taxminiy mamlakat va şahar. IP manzilning özi saqlanmaydi: bir kun içidagi taşrifçilarni sanaş uçun har kuni almaşadigan maxfiy kalit bilan bir tomonlama xeş işlatiladi. Siz kiritgan manzil va tekşiruv natijasi statistikaga yozilmaydi. Brauzeringizda «Do Not Track» yoqilgan bölsa, statistika yozilmaydi. Statistika 12 oy saqlanadi.
  • Xabar yuboriş (ixtiyoriy). «Xabar beriş» şaklida siz yuborgan manzil, muammo turi, tavsif, dalillar (rasm, hujjat, video, havola) va ixtiyoriy aloqa ma'lumoti faqat bizning serverimizda (Özbekistonda) saqlanadi va faqat moderatorga körinadi: saytda e'lon qilinmaydi va uçinçi tomonga berilmaydi. IP manzilingiz yozilmaydi — suiiste'molni çeklaş uçun (bir kunda 5 tadan köp emas) kun bilan almaşadigan maxfiy kalit bilan bir tomonlama xeş yoziladi va 30 kundan keyin öçiriladi. Moderator tasdiqlagan xabar faqat şu manzil böyiça tekşiruv xulosasiga ta'sir qiladi — sababi va dalili körsatilmaydi. Yangi xabar haqida operatorga Telegram orqali faqat xabar raqami bilan bildirişnoma boradi; manzil, tavsif va dalil yuborilmaydi. Saqlaş muddati: rad etilgan xabar — 30 kun, tasdiqlangan — 36 oy, körib çiqilmagan — 180 kun; söng fayllari bilan öçiriladi. Xabaringizni öçirişni 5-bölimdagi manzil orqali söraşingiz mumkin.
  • Taklif va şikoyatlar (ixtiyoriy). «Yordam» sahifasidagi şaklda siz yuborgan murojaat turi, matni, ixtiyoriy aloqa ma'lumoti (Telegram, telefon yoki e-poçta), sayt tili va şakl joylaşgan sahifa faqat bizning serverimizda (Özbekistonda) saqlanadi va faqat operator xodimlariga körinadi: saytda e'lon qilinmaydi va uçinçi tomonga berilmaydi. Maqsadi — saytni yaxşilaş va kerak bölsa sizga javob beriş. IP manzilingiz yozilmaydi — suiiste'molni çeklaş uçun (bir kunda 5 tadan köp emas) kun bilan almaşadigan maxfiy kalit bilan bir tomonlama xeş yoziladi va 30 kundan keyin öçiriladi. Yangi murojaat haqida operatorga Telegram orqali faqat murojaat raqami bilan bildirişnoma boradi; matn va aloqa ma'lumoti yuborilmaydi. Murojaat 12 oydan keyin öçiriladi; uni oldinroq öçirişni 5-bölimdagi manzil orqali söraşingiz mumkin.
  • Manzil tekşiruvi. Siz kiritgan manzil yoki xaritada belgilagan nuqta javobni hisoblaş uçun işlatiladi va faqat yuqoridagi «Tekşiruvlar tarixi»da (kirgan bölsangiz) saqlanadi. Manzil bizning serverimizdagi geokodlaş xizmatida qayta işlanadi, uçinçi tomonga yuborilmaydi.
  • Tekşiruv jurnali. Har bir tekşiruvdan keyin quyidagilar yoziladi: vaqt, tuman, natija (belgi bor yoki yöq va uning turi) va IP manzilingizning maxfiy kalit bilan bir tomonlama xeşlangan körinişi. IP manzilning özi yozilmaydi. Xeş 30 kundan keyin öçiriladi, jurnal 12 oy saqlanadi. Maqsad — suiiste'mollikni çeklaş (bir IP manzildan soatiga 60 ta tekşiruv) va xizmat sifatini ölçaş.
  • Server jurnallari. Veb-server IP manzil, vaqt va söralgan sahifani xavfsizlik va nosozliklarni aniqlaş uçun 30 kun saqlaydi.
  • Xarita fon tasvirlari. Xarita foni (OpenStreetMap ma'lumotlari), şriftlar va belgilar ham bizning serverimizdan beriladi — taşqi xarita provayderiga sörov yuborilmaydi va IP manzilingiz unga körinmaydi.

3. Oçiq manbalardagi şaxsga doir ma'lumotlar

Sayt oçiq e'lon qilingan rasmiy manbalardan foydalanadi: sud qarorlari (publication.sud.uz, public.sud.uz), Quriliş vazirligining DŞK reestrlari, majburiy auksion e'lonlari (e-auksion.uz), Milliy statistika qömitasi ma'lumotlari va boşqalar. Bu manbalarda şaxslarning ismi va manzili uçraşi mumkin. Biz ular bilan quyidagiça işlaymiz:

  • şaxslarning ismi, tuğilgan sanasi va aniq manzili saytda heç qaçon körsatilmaydi;
  • xaritada faqat hudud böyiça yiğindi sonlar körsatiladi; 5 tadan kam holat bölsa, son yaşiriladi; manzil tekşiruvi faqat umumiy xulosa beradi, sabablarini körsatmaydi;
  • jinoyat işlari, oilaviy nizolar va voyaga yetmaganlar haqidagi ma'lumot şaxsiy maydonlar bilan saqlanmaydi;
  • asl matnlar va manzillar faqat kiriş çeklangan içki bazada saqlanadi;
  • şaxsga doir ma'lumot bor matnlar taşqi sun'iy intellekt xizmatlariga yuborilmaydi;
  • foydalanuvçi xabarlaridagi hujjatlarda uçraydigan boşqa şaxslar ma'lumoti faqat moderatorga körinadi va saytda körsatilmaydi;
  • şaxsga doir ma'lumotlar saqlanadigan baza Özbekiston Respublikasi hududidagi serverda joylaşgan.

Maqsad — uy-joy xaridorlariga, banklar va baholovçilarga mulk bilan boğliq xavflar haqida umumiy ma'lumot beriş.

4. Ma'lumotni boşqalarga beriş

Biz şaxsga doir ma'lumotni sotmaymiz va reklama maqsadida bermaymiz. Faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda vakolatli davlat organlarining söroviga köra beriladi.

Tölov uçun Multicard tölov tizimiga faqat buyurtma raqami, summa va fiskal çek uçun xizmat nomi (MXIK) yuboriladi — siz haqingizdagi ma'lumot yuborilmaydi; tölov sahifasida kiritgan ma'lumotlaringizni Multicard öz qoidalari asosida qayta işlaydi. Kirişda Telegram bot orqali xabar almaşiladi — bunga Telegram'ning öz maxfiylik siyosati qöllanadi.

5. Huquqlaringiz

  • Siz özingiz haqingizdagi ma'lumot qayta işlanayotgani haqida biliş, uni tuzatiş, öçiriş yoki qayta işlaşni töxtatişni talab qiliş huquqiga egasiz. Murojaat: info@mockint.uz. Javob qonunda belgilangan muddatlarda beriladi.
  • Mulk egalari uçun. Agar uyingiz böyiça xulosa notöğri deb hisoblasangiz, info@mockint.uz ga manzil va egalikni tasdiqlovçi hujjat bilan körib çiqiş sörovini yuboring. Biz manbalarni qayta tekşiramiz va xato topilsa, tuzatamiz.

6. Xavfsizlik

Içki ma'lumotlarga kiriş rollar böyiça çeklangan va jurnalga yoziladi. Sayt bilan aloqa şifrlangan (HTTPS). Zaxira nusxalar ham Özbekiston hududida saqlanadi.

7. Huquqiy asos va saqlaş joyi

Şaxsga doir ma'lumotlar Özbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi ÖRQ-547-son Qonuni va boşqa qonun hujjatlariga muvofiq qayta işlanadi. Qonunning 27¹-moddasiga muvofiq Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlari Özbekiston hududida joylaşgan va şaxsga doir ma'lumotlar bazalari davlat reestrida röyxatdan ötkazilgan bazalarda yiğiladi, tizimlaştiriladi va saqlanadi. Saytning barça bazalari, zaxira nusxalari va statistikasi Özbekistondagi serverda joylaşgan; şaxsga doir ma'lumot çet elga uzatilmaydi.

8. Özgarişlar

Siyosat özgarsa, yangi matn şu sahifada yangilangan sana bilan e'lon qilinadi. Şuningdek qarang: Foydalaniş şartlari.

9. Pulni qaytariş

Pullik tekşiruv uçun tölangan pul quyidagi tartibda qaytariladi (şartnoma matni — ommaviy ofertaning 5-bölimi):

  • Pul faqat butun xarid uçun qaytariladi: bitta xarid (1 ta tekşiruv yoki 5 ta tekşiruv paketi) böyiça. Xaridning bir qismini (masalan, paketdagi işlatilmagan tekşiruvlarni alohida) qaytarib bölmaydi.
  • Pul avtomatik qaytarilmaydi — faqat sörov böyiça. «Xaridlarim» sahifasida xarid yonidagi «Pulni qaytarişni söraş» orqali (tölovdan keyin 14 kun içida) yoki info@mockint.uz ga yozing: qaytariş sababini va javob uçun aloqa ma'lumotini (Telegram, telefon yoki e-poçta) körsating.
  • Har bir sörovni xodim 10 iş kuni içida körib çiqadi va siz yozgan aloqa orqali javob beradi.
  • Qaytariş şartlari: sörov tölovdan keyin 14 kun içida berilgan va şu xariddagi tekşiruvlar işlatilmagan bölişi kerak. Paketdagi tekşiruvlardan bittasi işlatilgan bölsa ham, paket uçun pul qaytarilmaydi. Işlatilgan tekşiruv uçun pul qaytarilmaydi — xulosa körsatilgan paytda xizmat körsatilgan hisoblanadi.
  • Pul yeçilgan-u, tekşiruvlar qöşilmagan bölsa (texnik nosozlik) yoki ikki marta tölangan bölsa, muddatdan qat'i nazar info@mockint.uz ga akkaunt (Telegram) va tölov sanasini yozing — tekşiruvlar qöşiladi yoki ortiqça tölov qaytariladi (quyidagi komissiya qoidasi bilan).
  • Qaytariş tasdiqlansa, pul Multicard tölov tizimi orqali tölov qilingan karta yoki hisobga qaytariladi. Tölov tizimi komissiyasi — tölangan summaning 2 % — qaytarilmaydi: 98 % qaytadi (masalan, 10 000 sömlik xarid uçun — 9 800 söm). Şu xariddagi tekşiruvlar akkauntdan olib qöyiladi va «Xaridlarim»da elektron qaytariş çeki paydo böladi. Pul kartaga tuşiş vaqti bank va tölov tizimiga boğliq.

Sörovda yozgan sababingiz, aloqa ma'lumotingiz va xarid raqami murojaatlar bilan birga saqlanadi (2-bölim, «Taklif va şikoyatlar» — öşa muddatlar) va faqat operator xodimlariga körinadi; operatorga Telegram orqali faqat sörov raqami bilan bildirişnoma boradi. Pulni qaytarişda Multicard'ga faqat tölovning tranzaksiya raqami yuboriladi — karta ma'lumotlari bizga kelmaydi va bizdan yuborilmaydi. Qaytariş vaqti, holati va qaytariş çeki havolasi tölov yozuvi bilan birga saqlanadi (2-bölim, «Tölovlar»).

10. Kompaniya rekvizitlari

Yuridik nomi
«SYNCSOFT» MÇJ
STIR
313418182
Yuridik manzil
Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz, Turon MFY, Turon köçasi, 42
Bank
«Ipak Yöli» AITB
Hisob raqami
20208000007557349001
Bank kodi (MFO)
01048