Asosiy qismga ötiş

Foydalaniş şartlari

Sayt nima beradi va nima bermaydi, xulosalarning çegaralari, taqiqlangan foydalaniş va manbalar litsenziyalari.

Oxirgi yangilaniş: 2026-yil 11-noyabr. Saytdan foydalaniş şu şartlarga rozilikni bildiradi.

Bu matn lotin yozuvidagi asl matndan avtomatik ögirilgan. Farq bölsa, lotin yozuvidagi matn ustun.

1. Xizmat nima

«Uytekshir» sayti (uytekshir.uz; operator — «SYNCSOFT» MÇJ, STIR 313418182) oçiq e'lon qilingan rasmiy manbalardan avtomatik yiğilgan ma'lumot asosida uy-joy bilan boğliq xavflar haqida umumiy axborot beradi: Toşkent xaritasida hududlar böyiça yiğindi sonlar va manzil böyiça avtomatik xulosa. Asosiy manbalar sahifa pastida va maxfiylik siyosatining 3-bölimida keltirilgan.

Pullik tekşiruv. Xarita va hududlar böyiça sonlar bepul. Manzil tekşiruvi uçun Telegram orqali kiriş kerak: har bir Telegram akkauntiga birinçi tekşiruv bepul, keyingilari pullik (1 ta — 10 000 söm, 5 ta — 40 000 söm). Xizmat, tölov va pulni qaytariş tartibi — ommaviy ofertada. Pul faqat sörov böyiça va butun xarid uçun qaytariladi, tölov tizimi komissiyasi (2 %) uşlab qolinadi: tölovdan keyin 14 kun içida «Xaridlarim» sahifasidagi «Pulni qaytarişni söraş» yoki e-poçta orqali sababini yozing — sörovni xodim körib çiqadi (qisman qaytariş yöq; maxfiylik siyosatining 9-bölimi).

Akkaunt. Akkaunt Telegram akkauntingizga boğlangan va faqat özingiz uçun. Uni boşqalarga bermang. Bepul tekşiruvni qayta oliş uçun bir neçta akkaunt oçiş yoki şartlarni boşqaça buziş aniqlansa, operator akkauntni bloklaşi mumkin; işlatilmagan sotib olingan tekşiruvlar uçun pul ofertadagi tartibda qaytariladi.

2. Bu huquqiy maslahat emas

  • Manzil böyiça xulosa («tavsiya qilmaymiz», «çuqur tekşiring», «belgi topilmadi») avtomatik çiqariladi va faqat ma'lumot xarakteriga ega. U uyning yuridik tozaligini tasdiqlamaydi va rad etmaydi.
  • Sayt notarius, kadastr ma'lumotnomasi, sud yoki boşqa rasmiy tekşiruv örnini bosmaydi. Bitimdan oldin xulosa ostidagi röyxat böyiça rasmiy manbalarda özingiz tekşiring.

3. Ma'lumotning çegaralari

  • Manbalarda xato, keçikiş yoki böşliq bölişi mumkin; ayrim davrlar va hududlar töliq qamrab olinmagan.
  • Manzillarni moslaştiriş avtomatik va xatosiz emas: masalan, turli tumanlardagi bir xil nomli köçalar yoki bir binodagi boşqa xonadon böyiça belgi çiqişi mumkin.
  • «Belgi topilmadi» muammo yöqligini kafolatlamaydi; «tavsiya qilmaymiz» esa uy egasining huquqbuzarligini anglatmaydi — bu faqat oçiq manbalarda e'tibor talab qiladigan belgi borligini bildiradi.
  • Xulosaga moderator dalilini tekşirib tasdiqlagan foydalanuvçi xabarlari ham ta'sir qilişi mumkin. Moderator dalilni körib çiqadi, lekin xabarning töğriligini kafolatlamaydi.

4. Taqiqlangan foydalaniş

  • sayt ma'lumotidan şaxslarni aniqlaş, ta'qib qiliş, tahdid qiliş, kamsitiş yoki ularga bosim ötkaziş uçun foydalaniş;
  • xizmatni avtomatik sörovlar bilan ommaviy yiğiş (skreping), sörovlar çegarasini yoki boşqa himoyani çetlab ötişga uriniş;
  • saytdagi ma'lumotni manbasini körsatmasdan yoki özgartirib, rasmiy hujjat sifatida taqdim etiş;
  • bepul tekşiruvni qayta oliş uçun bir neçta akkaunt oçiş yoki akkauntni boşqalarga beriş;
  • Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga zid boşqa har qanday maqsad.

5. Foydalanuvçi xabarlari

  • Faqat özingiz bilgan va dalil bilan tasdiqlanadigan faktlarni yuboring. Yolğon ma'lumot, tuhmat va haqorat taqiqlanadi.
  • Boşqa şaxslarning şaxsiy ma'lumotlarini (pasport, telefon, ism-şarif) keraksiz yuklamang. Dalilni yuborişga haqingiz bölişi kerak.
  • Moderator xabarni tasdiqlaşi, sababini körsatmay rad etişi yoki keyinçalik olib taşlaşi mumkin. Tasdiqlangan xabar faqat manzil tekşiruvi xulosasiga ta'sir qiladi; matni va dalili e'lon qilinmaydi.
  • Mulk egasi xabar asossiz deb hisoblasa, 8-bölimdagi tartibda körib çiqişni söraşi mumkin; asossiz deb topilgan xabar olib taşlanadi.
  • Qonunda nazarda tutilgan hollarda xabar va uni yuborgan şaxs haqidagi ma'lumot vakolatli organlarga berilişi mumkin.

6. Manbalar va litsenziyalar

  • Manba ma'lumotlari ularning egalariga tegişli; asosiy manbalar sahifa pastida va maxfiylik siyosatida körsatilgan.
  • Xarita va çegaralar: © OpenStreetMap hissa qöşuvçilari (ODbL). Statistika: Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasi.
  • Sayt dizayni, hisob-kitoblar va matnlar — Yölçiyev Alijon Abduxoşim öğli. Ma'lumotdan foydalanganda «Uytekshir» (uytekshir.uz) va asl manbani körsating.

7. Javobgarlik

Qonun yöl qöygan darajada sayt operatori saytdagi ma'lumotga tayanib qabul qilingan qarorlar, şu jumladan oldi-sotdi bitimlari natijasi uçun javobgar emas. Xizmat «boriça» taqdim etiladi va uzluksiz işlaşi kafolatlanmaydi. Pullik tekşiruv böyiça javobgarlik çegarasi va pulni qaytariş — ommaviy ofertada.

8. Xato haqida xabar beriş va körib çiqiş

Notöğri ma'lumot körsangiz yoki uyingiz böyiça xulosa xato deb hisoblasangiz, info@mockint.uz ga yozing. Mulk egalari egalikni tasdiqlovçi hujjat bilan körib çiqiş sörovini yuborişi mumkin: manbalarni qayta tekşiramiz va xato topilsa, tuzatamiz.

9. Amal qiluvçi qonunçilik va özgarişlar

Şartlarga Özbekiston Respublikasi qonunçiligi qöllanadi; nizolar Özbekiston Respublikasi qonunçiligida belgilangan tartibda körib çiqiladi. Şartlar özgarsa, yangi matn şu sahifada sana bilan e'lon qilinadi. Şuningdek qarang: Maxfiylik siyosati.

10. Kompaniya rekvizitlari

Yuridik nomi
«SYNCSOFT» MÇJ
STIR
313418182
Yuridik manzil
Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz, Turon MFY, Turon köçasi, 42
Bank
«Ipak Yöli» AITB
Hisob raqami
20208000007557349001
Bank kodi (MFO)
01048