1. Xizmat nima
«Uytekshir» sayti (uytekshir.uz; operator — «SYNCSOFT» MChJ, STIR 313418182) ochiq e'lon qilingan rasmiy manbalardan avtomatik yig'ilgan ma'lumot asosida uy-joy bilan bog'liq xavflar haqida umumiy axborot beradi: Toshkent xaritasida hududlar bo'yicha yig'indi sonlar va manzil bo'yicha avtomatik xulosa. Asosiy manbalar sahifa pastida va maxfiylik siyosatining 3-bo'limida keltirilgan.
Pullik tekshiruv. Xarita va hududlar bo'yicha sonlar bepul. Manzil tekshiruvi uchun Telegram orqali kirish kerak: har bir Telegram akkauntiga birinchi tekshiruv bepul, keyingilari pullik (1 ta — 10 000 so'm, 5 ta — 40 000 so'm). Xizmat, to'lov va pulni qaytarish tartibi — ommaviy ofertada. Pul faqat so'rov bo'yicha va butun xarid uchun qaytariladi, to'lov tizimi komissiyasi (2 %) ushlab qolinadi: to'lovdan keyin 14 kun ichida «Xaridlarim» sahifasidagi «Pulni qaytarishni so'rash» yoki e-pochta orqali sababini yozing — so'rovni xodim ko'rib chiqadi (qisman qaytarish yo'q; maxfiylik siyosatining 9-bo'limi).
Akkaunt. Akkaunt Telegram akkauntingizga bog'langan va faqat o'zingiz uchun. Uni boshqalarga bermang. Bepul tekshiruvni qayta olish uchun bir nechta akkaunt ochish yoki shartlarni boshqacha buzish aniqlansa, operator akkauntni bloklashi mumkin; ishlatilmagan sotib olingan tekshiruvlar uchun pul ofertadagi tartibda qaytariladi.
2. Bu huquqiy maslahat emas
- Manzil bo'yicha xulosa («tavsiya qilmaymiz», «chuqur tekshiring», «belgi topilmadi») avtomatik chiqariladi va faqat ma'lumot xarakteriga ega. U uyning yuridik tozaligini tasdiqlamaydi va rad etmaydi.
- Sayt notarius, kadastr ma'lumotnomasi, sud yoki boshqa rasmiy tekshiruv o'rnini bosmaydi. Bitimdan oldin xulosa ostidagi ro'yxat bo'yicha rasmiy manbalarda o'zingiz tekshiring.
3. Ma'lumotning chegaralari
- Manbalarda xato, kechikish yoki bo'shliq bo'lishi mumkin; ayrim davrlar va hududlar to'liq qamrab olinmagan.
- Manzillarni moslashtirish avtomatik va xatosiz emas: masalan, turli tumanlardagi bir xil nomli ko'chalar yoki bir binodagi boshqa xonadon bo'yicha belgi chiqishi mumkin.
- «Belgi topilmadi» muammo yo'qligini kafolatlamaydi; «tavsiya qilmaymiz» esa uy egasining huquqbuzarligini anglatmaydi — bu faqat ochiq manbalarda e'tibor talab qiladigan belgi borligini bildiradi.
- Xulosaga moderator dalilini tekshirib tasdiqlagan foydalanuvchi xabarlari ham ta'sir qilishi mumkin. Moderator dalilni ko'rib chiqadi, lekin xabarning to'g'riligini kafolatlamaydi.
4. Taqiqlangan foydalanish
- sayt ma'lumotidan shaxslarni aniqlash, ta'qib qilish, tahdid qilish, kamsitish yoki ularga bosim o'tkazish uchun foydalanish;
- xizmatni avtomatik so'rovlar bilan ommaviy yig'ish (skreping), so'rovlar chegarasini yoki boshqa himoyani chetlab o'tishga urinish;
- saytdagi ma'lumotni manbasini ko'rsatmasdan yoki o'zgartirib, rasmiy hujjat sifatida taqdim etish;
- bepul tekshiruvni qayta olish uchun bir nechta akkaunt ochish yoki akkauntni boshqalarga berish;
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boshqa har qanday maqsad.
5. Foydalanuvchi xabarlari
- Faqat o'zingiz bilgan va dalil bilan tasdiqlanadigan faktlarni yuboring. Yolg'on ma'lumot, tuhmat va haqorat taqiqlanadi.
- Boshqa shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini (pasport, telefon, ism-sharif) keraksiz yuklamang. Dalilni yuborishga haqingiz bo'lishi kerak.
- Moderator xabarni tasdiqlashi, sababini ko'rsatmay rad etishi yoki keyinchalik olib tashlashi mumkin. Tasdiqlangan xabar faqat manzil tekshiruvi xulosasiga ta'sir qiladi; matni va dalili e'lon qilinmaydi.
- Mulk egasi xabar asossiz deb hisoblasa, 8-bo'limdagi tartibda ko'rib chiqishni so'rashi mumkin; asossiz deb topilgan xabar olib tashlanadi.
- Qonunda nazarda tutilgan hollarda xabar va uni yuborgan shaxs haqidagi ma'lumot vakolatli organlarga berilishi mumkin.
6. Manbalar va litsenziyalar
- Manba ma'lumotlari ularning egalariga tegishli; asosiy manbalar sahifa pastida va maxfiylik siyosatida ko'rsatilgan.
- Xarita va chegaralar: © OpenStreetMap hissa qo'shuvchilari (ODbL). Statistika: O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi.
- Sayt dizayni, hisob-kitoblar va matnlar — Yo'lchiyev Alijon Abduxoshim o'g'li. Ma'lumotdan foydalanganda «Uytekshir» (uytekshir.uz) va asl manbani ko'rsating.
7. Javobgarlik
Qonun yo'l qo'ygan darajada sayt operatori saytdagi ma'lumotga tayanib qabul qilingan qarorlar, shu jumladan oldi-sotdi bitimlari natijasi uchun javobgar emas. Xizmat «boricha» taqdim etiladi va uzluksiz ishlashi kafolatlanmaydi. Pullik tekshiruv bo'yicha javobgarlik chegarasi va pulni qaytarish — ommaviy ofertada.
8. Xato haqida xabar berish va ko'rib chiqish
Noto'g'ri ma'lumot ko'rsangiz yoki uyingiz bo'yicha xulosa xato deb hisoblasangiz, info@mockint.uz ga yozing. Mulk egalari egalikni tasdiqlovchi hujjat bilan ko'rib chiqish so'rovini yuborishi mumkin: manbalarni qayta tekshiramiz va xato topilsa, tuzatamiz.
9. Amal qiluvchi qonunchilik va o'zgarishlar
Shartlarga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'llanadi; nizolar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi. Shartlar o'zgarsa, yangi matn shu sahifada sana bilan e'lon qilinadi. Shuningdek qarang: Maxfiylik siyosati.
10. Kompaniya rekvizitlari
- Yuridik nomi
- «SYNCSOFT» MChJ
- STIR
- 313418182
- Yuridik manzil
- Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz, Turon MFY, Turon ko'chasi, 42
- Bank
- «Ipak Yo'li» AITB
- Hisob raqami
- 20208000007557349001
- Bank kodi (MFO)
- 01048
- info@mockint.uz
- Telefon
- +998 90 810 03 52