Uy va kvartira tekshirish: sotib olishdan oldin nimalarni ko'rish kerak
Toshkentda uy yoki kvartira olishda eng ko'p uchraydigan xavflar: mulk bo'yicha sud nizosi, to'xtab qolgan qurilish, qarz uchun majburiy savdoga qo'yilgan uy va bosh reja bo'yicha buziladigan hudud. Uytekshir bularning belgilarini manzil bo'yicha ko'rsatadi (birinchi tekshiruv bepul); qolgan tekshiruvlarni quyidagi ro'yxat bo'yicha o'zingiz o'tkazasiz.
Uytekshir nimani tekshiradi
- Sud nizolari. Sud portallarida e'lon qilingan qarorlardagi uy-joy nizolari: mulk, meros va egalik bo'yicha.
- Muammoli qurilish. Qurilish vazirligi DSHK reestrlaridagi to'xtatilgan va muammoli qurilish obyektlari.
- Majburiy auksion. E-auksion.uz'da qarz yoki ijro bo'yicha majburiy savdoga qo'yilgan uy-joylar.
- Bosh reja. Toshkent bosh rejasi bo'yicha buzish (snos) yoki qayta qurish rejalashtirilgan hududlar.
- Foydalanuvchi xabarlari. Odamlar yuborgan va moderator dalilini tekshirib tasdiqlagan ogohlantirishlar.
Manzilni uch xil kiritish mumkin: ko'cha va uy raqami, kadastr raqami (Toshkent raqamlari 10: bilan boshlanadi) yoki xaritada uyni bosish. Hozircha faqat Toshkent shahri.
Natija qanday o'qiladi
Olishni tavsiya qilmaymiz
Bazamizda aynan shu uy yoki u joylashgan hudud bo'yicha jiddiy belgi bor.
Olishdan oldin chuqur tekshiring
Manzil yoki uning atrofi bo'yicha e'tibor talab qiladigan belgi bor. Quyidagi ro'yxatdagi tekshiruvlarni albatta o'tkazing.
Bazamizda belgi topilmadi
Bizdagi manbalarda bu manzil bo'yicha hech narsa yo'q. Bu kafolat emas: uyning yuridik tozaligini faqat notarius va rasmiy reyestr tasdiqlaydi.
Manzil aniq topilmadi
Manzil xaritada topilmadi, shuning uchun hudud tekshirilmadi. Ko'cha va uy raqamini aniqroq yozing yoki uyni xaritada belgilang.
Natijada belgi uyning o'ziga yoki u joylashgan hududga tegishli ekani aytiladi. Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish uchun sabab, ish raqami va shaxslar ko'rsatilmaydi.
Sotib olishdan oldin o'zingiz tekshiring
- Uy egasidan yangi sanali kadastr ma'lumotnomasini so'rang: mulkdor kim, taqiq (arest) yoki garov bor-yo'qligi.
- Bitimni faqat notarius orqali tuzing. Notarius mulkka taqiq yo'qligini tekshiradi.
- Sud portallarida (public.sud.uz, publication.sud.uz) egasining ismi bo'yicha uy-joy nizolarini qidiring.
- E-auksion.uz'da shu manzil majburiy savdoga qo'yilgan-qo'yilmaganini tekshiring.
- Yangi uy bo'lsa, dshk.shaffofqurilish.uz'da quruvchi va obyekt holatini (ruxsat, to'xtatilgan emasmi) ko'ring.
- Tuman hokimligidan hudud renovatsiya, buzish yoki yer olib qo'yish rejasiga kiritilmaganini so'rang.
- Uyda kimlar ro'yxatda turishi (propiska) va qachon bo'shatishini shartnomaga yozdiring.
- Pulni notarial shartnomadan keyin va bank orqali to'lang; oldindan avans bermang.
Ko'p beriladigan savollar
Uy tekshirish pullikmi?
Birinchi tekshiruv bepul — Telegram orqali kirgach. Keyingilari: 1 ta — 10 000 so'm, 5 ta — 40 000 so'm; o'sha uyni 24 soat ichida qayta tekshirish bepul. Xarita va hududlar bo'yicha sonlar bepul. Batafsil — ommaviy ofertada.
Kvartirani qanday tekshiraman?
Bosh sahifadagi qidiruvga ko'cha va uy raqamini (masalan, «Qatortol 60» yoki «Chilonzor 9-kvartal 5») yoki kadastr raqamini kiriting. Manzil topilmasa, nishon tugmasini bosib, xaritada uyni belgilang.
«Belgi topilmadi» uy toza degani emasmi?
Yo'q. Bu faqat bizning bazamizda belgi yo'qligini bildiradi. Mulkdor, taqiq va garovni yangi kadastr ma'lumotnomasi va notarius tasdiqlaydi.
Ma'lumot qayerdan olinadi?
Rasmiy ochiq manbalardan: sud portallaridagi qarorlar, Qurilish vazirligining DSHK reestrlari, e-auksion.uz, Toshkent bosh rejasi, Milliy statistika qo'mitasi, hamda moderator tasdiqlagan foydalanuvchi xabarlari.
Nega sabab va ish raqami ko'rsatilmaydi?
Sud qarorlarida odamlarning shaxsga doir ma'lumotlari bor. Shuning uchun sayt faqat xulosani va belgi uyga yoki hududga tegishli ekanini ko'rsatadi; batafsil ma'lumotni ro'yxatdagi rasmiy manbalardan o'zingiz tekshirasiz.
Kiritgan manzilim saqlanadimi?
Yo'q. Tekshirilgan manzil va xaritadagi nuqta server jurnallariga yozilmaydi. Batafsil maxfiylik siyosatida.
Toshkentdan boshqa shaharlar bormi?
Hozircha faqat Toshkent shahri.
Muammoli uyni bilsam, qanday xabar beraman?
«Xabar berish» sahifasida manzil, sabab va dalil (hujjat, rasm, video yoki havola) yuboring. Moderator tekshiradi; tasdiqlansa, shu uyni tekshirganlarga ogohlantirish chiqadi.
Foydali maqolalar
- Toshkent bosh rejasi 2045: renovatsiya zonalari tumanlar bo'yicha
- Uy va kvartira oldi-sotdisi 2026: tartib, hujjatlar, notarius narxi va soliq
- Toshkent tumanlari: qayerda uy olishda xavf belgilari ko'proq
- Uy yoki kvartira taqiqda emasligini qanday tekshirish mumkin
- Kadastr raqami: qanday aniqlash va uy hujjatlarini qanday tekshirish
- Zakalat (zaklad) va ishonchnoma: uy uchun pul berishdan oldin nimani bilish kerak
- Novostroyka olishdan oldin quruvchi va obyektni qanday tekshirish
- Majburiy auksiondagi uylar: nima uchun uy savdoga qo'yiladi va nimani tekshirish kerak
Muammoli uyni bilasizmi?
Xabar berish