Asosiy qismga o'tish

Novostroyka olishdan oldin quruvchi va obyektni qanday tekshirish

Yangilangan:

Qurilayotgan uyni sotib olganda hali yo'q xonadon uchun pul to'laysiz. Qurilish to'xtasa, uyni yillab kutishga to'g'ri kelishi mumkin. Qurilish vazirligining DSHK reestrida har bir obyektning holatini istalgan kishi ko'ra oladi.

Toshkentdagi qurilishlar holati

HolatObyektlar
Qurilish jarayonida1 460
To'xtatilgan678
Muzlatilgan83
Ruxsatnoma bekor qilingan222
Tugallangan3 167
Jami5 610
Manba: Qurilish vazirligining DSHK qurilish obyektlari reestri, Toshkent shahri, 2026-yil 18-noyabr holatiga.

To'xtatilgan va muzlatilgan obyektlarda 11 252 ta xonadon bor. Eng ko'pi Mirzo Ulug'bek tumanida: 4 447 ta.

Tumanlar bo'yicha

TumanTo'xtatilganMuzlatilganUlardagi xonadonlar
Mirzo Ulug'bek74164 447
Yashnobod69111 911
Chilonzor8321 608
Olmazor5451 130
Yakkasaroy510870
Shayxontohur5024442
Yunusobod894433
Uchtepa401161
Bektemir412124
Sergeli562106
Yangihayot35720
Mirobod2790
Toshkent shahri6788311 252
Xonadonlar soni reestrdagi loyiha ma'lumotidan olingan. Ba'zi obyektlarda xonadon soni ko'rsatilmagan.

Obyektni qanday tekshirish

  1. Qurilish vazirligining «Shaffof qurilish» reestrida (dshk.shaffofqurilish.uz) obyekt holatini ko'ring: qurilish ruxsati bormi, to'xtatilmaganmi.
  2. Uytekshir da manzilni kiriting. Obyekt qurilishi to'xtatilgan, muzlatilgan yoki ruxsatnomasi bekor qilingan bo'lsa, natijada belgi chiqadi.
  3. Quruvchining boshqa obyektlarini ham tekshiring: avvalgi uylarini vaqtida topshirganmi.
  4. Shartnomani quruvchining o'zi bilan yozma tuzing, to'lovni bank orqali qiling, naqd pul bermang.
  5. Shartnomada topshirish muddati va kechiksa nima bo'lishi yozilganini tekshiring.
  6. Qurilish maydoniga borib ko'ring: ish ketyaptimi.

Tayyor uyda ham xavf bor: DSHK dalolatnomalariga ko'ra, Toshkentda 160 ta turar-joy o'zboshimcha qurilgan. Bunday uylar ham natijada belgi bilan chiqadi.

1-tekshiruv bepul · Telegram orqali kirish

Manzilni tekshirish

Ko'p beriladigan savollar

«To'xtatilgan» va «muzlatilgan» qurilishning farqi nima?

Ikkalasida ham hozir ish ketmayapti. «To'xtatilgan» qurilish rasman to'xtatilgan, «muzlatilgan» esa vaqtincha to'xtatib qo'yilgan. Uy qachon topshirilishi har ikki holatda noma'lum.

Obyekt reestrda topilmasa-chi?

Bu xavf belgisi: ruxsatsiz qurilish bo'lishi mumkin. Quruvchidan ruxsatnoma raqamini so'rang va reestrdan tekshiring.

Boshqa maqolalar