Asosiy qismga o'tish

Ommaviy oferta — manzil tekshiruvi xizmati

Kuchga kirish sanasi: 2026-yil 11-noyabr

1. Umumiy qoidalar

Ushbu hujjat «SYNCSOFT» MChJ (STIR 313418182; bundan keyin — Ijrochi) tomonidan uytekshir.uz sayti (bundan keyin — Sayt) orqali pullik manzil tekshiruvi xizmatini ko'rsatish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.

Saytda tekshiruv uchun to'lov qilgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (bundan keyin — Buyurtmachi) ushbu ofertani to'liq va so'zsiz qabul qilgan (aksept) hisoblanadi. Shartnoma aksept paytidan tuzilgan hisoblanadi.

Xizmatdan foydalanish Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati bilan ham tartibga solinadi — ular ushbu ofertaning ajralmas qismi.

2. Xizmat

Ijrochi Buyurtmachiga ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini beradi: Toshkent shahridagi kiritilgan manzil (ko'cha va uy raqami, kadastr raqami yoki xaritadagi nuqta) bo'yicha rasmiy ochiq manbalar asosidagi avtomatik xulosa — «Olishni tavsiya qilmaymiz», «Olishdan oldin chuqur tekshiring» yoki «Bazamizda belgi topilmadi» — va umumiy tekshirish ro'yxati.

Bitta tekshiruv — bitta manzil (uy, xonadon, kadastr raqami yoki nuqta) bo'yicha bitta xulosa. O'sha manzilni o'sha akkauntdan 24 soat ichida qayta tekshirish uchun qo'shimcha haq olinmaydi.

Xulosa ma'lumot xarakteriga ega, uyning yuridik tozaligini tasdiqlamaydi va notarius, kadastr ma'lumotnomasi yoki boshqa rasmiy tekshiruv o'rnini bosmaydi (Foydalanish shartlari, 2–3-bo'limlar).

Fiskal chek uchun: MXIK 10305008002000000 («Uchinchi shaxslarga dasturiy ta'minot (ma'lumotlar bazasi)dan foydalanish imkoniyatini berish xizmatlari»), qadoqlash kodi 1514296.

3. Narx va to'lov

Har bir Telegram akkauntiga birinchi tekshiruv bepul. Keyingi tekshiruvlar narxi: 1 ta — 10 000 so'm; 5 ta — 40 000 so'm. Narxlar QQSsiz (Ijrochi QQS to'lovchisi emas).

To'lov 100% oldindan, Multicard to'lov tizimi sahifasida bank kartasi (Uzcard, Humo va boshqalar) yoki to'lov ilovalari (Payme, Click, Uzum va boshqalar) orqali amalga oshiriladi. Karta ma'lumotlari Ijrochiga kelmaydi.

To'lov tasdiqlangach, sotib olingan tekshiruvlar Buyurtmachi akkauntiga qo'shiladi; elektron fiskal chek to'lov tizimi orqali beriladi. Sotib olingan tekshiruvlar muddatsiz amal qiladi.

Ijrochi narxlarni o'zgartirishi mumkin; yangi narx Saytda e'lon qilingandan keyingi to'lovlarga qo'llanadi va oldin sotib olingan tekshiruvlarga ta'sir qilmaydi.

4. Xizmat ko'rsatish tartibi

Tekshiruv uchun Telegram orqali kirish kerak (Maxfiylik siyosati, 2-bo'lim).

Tekshiruv faqat xulosa ko'rsatilganda hisobdan yechiladi. Manzil topilmasa, aniq topilmasa («Manzil aniq topilmadi»), uy raqami so'ralsa yoki texnik xato bo'lsa — yechilmaydi.

Xizmat xulosa Buyurtmachiga ko'rsatilgan paytda ko'rsatilgan hisoblanadi.

5. Pulni qaytarish

Pul faqat butun xarid uchun qaytariladi: bitta xarid (1 ta tekshiruv yoki 5 ta tekshiruv paketi) bo'yicha. Xaridning bir qismini (masalan, paketdagi ishlatilmagan tekshiruvlarni alohida) qaytarib bo'lmaydi.

Pul avtomatik qaytarilmaydi — faqat so'rov bo'yicha. «Xaridlarim» sahifasida xarid yonidagi «Pulni qaytarishni so'rash» orqali (to'lovdan keyin 14 kun ichida) yoki info@mockint.uz ga yozing: qaytarish sababini va javob uchun aloqa ma'lumotini (Telegram, telefon yoki e-pochta) ko'rsating.

Har bir so'rovni xodim 10 ish kuni ichida ko'rib chiqadi va siz yozgan aloqa orqali javob beradi.

Qaytarish shartlari: so'rov to'lovdan keyin 14 kun ichida berilgan va shu xariddagi tekshiruvlar ishlatilmagan bo'lishi kerak. Paketdagi tekshiruvlardan bittasi ishlatilgan bo'lsa ham, paket uchun pul qaytarilmaydi. Ishlatilgan tekshiruv uchun pul qaytarilmaydi — xulosa ko'rsatilgan paytda xizmat ko'rsatilgan hisoblanadi.

Pul yechilgan-u, tekshiruvlar qo'shilmagan bo'lsa (texnik nosozlik) yoki ikki marta to'langan bo'lsa, muddatdan qat'i nazar info@mockint.uz ga akkaunt (Telegram) va to'lov sanasini yozing — tekshiruvlar qo'shiladi yoki ortiqcha to'lov qaytariladi (quyidagi komissiya qoidasi bilan).

Qaytarish tasdiqlansa, pul Multicard to'lov tizimi orqali to'lov qilingan karta yoki hisobga qaytariladi. To'lov tizimi komissiyasi — to'langan summaning 2 % — qaytarilmaydi: 98 % qaytadi (masalan, 10 000 so'mlik xarid uchun — 9 800 so'm). Shu xariddagi tekshiruvlar akkauntdan olib qo'yiladi va «Xaridlarim»da elektron qaytarish cheki paydo bo'ladi. Pul kartaga tushish vaqti bank va to'lov tizimiga bog'liq.

6. Javobgarlik

Ijrochi xulosaning manbalardagi ma'lumotga mosligi uchun javob beradi; manbalarning o'zidagi xato, kechikish yoki to'liqsizlik uchun javobgar emas (Foydalanish shartlari, 3-bo'lim).

Qonun yo'l qo'ygan darajada Ijrochining javobgarligi tegishli tekshiruv uchun to'langan summa bilan cheklanadi.

Xizmatning uzluksiz ishlashi kafolatlanmaydi; texnik ishlar yoki nosozlik vaqtida tekshiruvlar yechilmaydi.

7. Shaxsga doir ma'lumotlar

Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi.

8. Nizolar

Nizolar muzokara yo'li bilan hal qilinadi; kelishilmasa — O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudda. Murojaatlarga 10 ish kuni ichida javob beriladi.

9. Amal qilish muddati va o'zgartirish

Oferta Saytda e'lon qilingan kundan boshlab Ijrochi uni qaytarib olguncha amal qiladi. O'zgarishlar shu sahifada sana bilan e'lon qilinadi va e'londan keyingi to'lovlarga qo'llanadi.

10. Ijrochi rekvizitlari

Ijrochi
«SYNCSOFT» MChJ
STIR
313418182
Manzil
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz, Turon MFY, Turon ko'chasi, 42
Bank rekvizitlari
«Ipak Yo'li» AITB, h/r 20208000007557349001, MFO 01048
Telefon
+998 90 810 03 52
Email
info@mockint.uz

Foydalanish shartlari · Maxfiylik siyosati