Ommaviy oferta — manzil tekşiruvi xizmati
Kuçga kiriş sanasi: 2026-yil 11-noyabr
Bu matn lotin yozuvidagi asl matndan avtomatik ögirilgan. Farq bölsa, lotin yozuvidagi matn ustun.
1. Umumiy qoidalar
Uşbu hujjat «SYNCSOFT» MÇJ (STIR 313418182; bundan keyin — Ijroçi) tomonidan uytekshir.uz sayti (bundan keyin — Sayt) orqali pullik manzil tekşiruvi xizmatini körsatiş böyiça Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.
Saytda tekşiruv uçun tölov qilgan har qanday jismoniy yoki yuridik şaxs (bundan keyin — Buyurtmaçi) uşbu ofertani töliq va sözsiz qabul qilgan (aksept) hisoblanadi. Şartnoma aksept paytidan tuzilgan hisoblanadi.
Xizmatdan foydalaniş Foydalaniş şartlari va Maxfiylik siyosati bilan ham tartibga solinadi — ular uşbu ofertaning ajralmas qismi.
2. Xizmat
Ijroçi Buyurtmaçiga ma'lumotlar bazasidan foydalaniş imkoniyatini beradi: Toşkent şahridagi kiritilgan manzil (köça va uy raqami, kadastr raqami yoki xaritadagi nuqta) böyiça rasmiy oçiq manbalar asosidagi avtomatik xulosa — «Olişni tavsiya qilmaymiz», «Olişdan oldin çuqur tekşiring» yoki «Bazamizda belgi topilmadi» — va umumiy tekşiriş röyxati.
Bitta tekşiruv — bitta manzil (uy, xonadon, kadastr raqami yoki nuqta) böyiça bitta xulosa. Öşa manzilni öşa akkauntdan 24 soat içida qayta tekşiriş uçun qöşimça haq olinmaydi.
Xulosa ma'lumot xarakteriga ega, uyning yuridik tozaligini tasdiqlamaydi va notarius, kadastr ma'lumotnomasi yoki boşqa rasmiy tekşiruv örnini bosmaydi (Foydalaniş şartlari, 2–3-bölimlar).
Fiskal çek uçun: MXIK 10305008002000000 («Uçinçi şaxslarga dasturiy ta'minot (ma'lumotlar bazasi)dan foydalaniş imkoniyatini beriş xizmatlari»), qadoqlaş kodi 1514296.
3. Narx va tölov
Har bir Telegram akkauntiga birinçi tekşiruv bepul. Keyingi tekşiruvlar narxi: 1 ta — 10 000 söm; 5 ta — 40 000 söm. Narxlar QQSsiz (Ijroçi QQS tölovçisi emas).
Tölov 100% oldindan, Multicard tölov tizimi sahifasida bank kartasi (Uzcard, Humo va boşqalar) yoki tölov ilovalari (Payme, Click, Uzum va boşqalar) orqali amalga oşiriladi. Karta ma'lumotlari Ijroçiga kelmaydi.
Tölov tasdiqlangaç, sotib olingan tekşiruvlar Buyurtmaçi akkauntiga qöşiladi; elektron fiskal çek tölov tizimi orqali beriladi. Sotib olingan tekşiruvlar muddatsiz amal qiladi.
Ijroçi narxlarni özgartirişi mumkin; yangi narx Saytda e'lon qilingandan keyingi tölovlarga qöllanadi va oldin sotib olingan tekşiruvlarga ta'sir qilmaydi.
4. Xizmat körsatiş tartibi
Tekşiruv uçun Telegram orqali kiriş kerak (Maxfiylik siyosati, 2-bölim).
Tekşiruv faqat xulosa körsatilganda hisobdan yeçiladi. Manzil topilmasa, aniq topilmasa («Manzil aniq topilmadi»), uy raqami söralsa yoki texnik xato bölsa — yeçilmaydi.
Xizmat xulosa Buyurtmaçiga körsatilgan paytda körsatilgan hisoblanadi.
5. Pulni qaytariş
Pul faqat butun xarid uçun qaytariladi: bitta xarid (1 ta tekşiruv yoki 5 ta tekşiruv paketi) böyiça. Xaridning bir qismini (masalan, paketdagi işlatilmagan tekşiruvlarni alohida) qaytarib bölmaydi.
Pul avtomatik qaytarilmaydi — faqat sörov böyiça. «Xaridlarim» sahifasida xarid yonidagi «Pulni qaytarişni söraş» orqali (tölovdan keyin 14 kun içida) yoki info@mockint.uz ga yozing: qaytariş sababini va javob uçun aloqa ma'lumotini (Telegram, telefon yoki e-poçta) körsating.
Har bir sörovni xodim 10 iş kuni içida körib çiqadi va siz yozgan aloqa orqali javob beradi.
Qaytariş şartlari: sörov tölovdan keyin 14 kun içida berilgan va şu xariddagi tekşiruvlar işlatilmagan bölişi kerak. Paketdagi tekşiruvlardan bittasi işlatilgan bölsa ham, paket uçun pul qaytarilmaydi. Işlatilgan tekşiruv uçun pul qaytarilmaydi — xulosa körsatilgan paytda xizmat körsatilgan hisoblanadi.
Pul yeçilgan-u, tekşiruvlar qöşilmagan bölsa (texnik nosozlik) yoki ikki marta tölangan bölsa, muddatdan qat'i nazar info@mockint.uz ga akkaunt (Telegram) va tölov sanasini yozing — tekşiruvlar qöşiladi yoki ortiqça tölov qaytariladi (quyidagi komissiya qoidasi bilan).
Qaytariş tasdiqlansa, pul Multicard tölov tizimi orqali tölov qilingan karta yoki hisobga qaytariladi. Tölov tizimi komissiyasi — tölangan summaning 2 % — qaytarilmaydi: 98 % qaytadi (masalan, 10 000 sömlik xarid uçun — 9 800 söm). Şu xariddagi tekşiruvlar akkauntdan olib qöyiladi va «Xaridlarim»da elektron qaytariş çeki paydo böladi. Pul kartaga tuşiş vaqti bank va tölov tizimiga boğliq.
6. Javobgarlik
Ijroçi xulosaning manbalardagi ma'lumotga mosligi uçun javob beradi; manbalarning özidagi xato, keçikiş yoki töliqsizlik uçun javobgar emas (Foydalaniş şartlari, 3-bölim).
Qonun yöl qöygan darajada Ijroçining javobgarligi tegişli tekşiruv uçun tölangan summa bilan çeklanadi.
Xizmatning uzluksiz işlaşi kafolatlanmaydi; texnik işlar yoki nosozlik vaqtida tekşiruvlar yeçilmaydi.
7. Şaxsga doir ma'lumotlar
Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta işlanadi.
8. Nizolar
Nizolar muzokara yöli bilan hal qilinadi; kelişilmasa — Özbekiston Respublikasi qonunçiligida belgilangan tartibda sudda. Murojaatlarga 10 iş kuni içida javob beriladi.
9. Amal qiliş muddati va özgartiriş
Oferta Saytda e'lon qilingan kundan boşlab Ijroçi uni qaytarib olgunça amal qiladi. Özgarişlar şu sahifada sana bilan e'lon qilinadi va e'londan keyingi tölovlarga qöllanadi.
10. Ijroçi rekvizitlari
- Ijroçi
- «SYNCSOFT» MÇJ
- STIR
- 313418182
- Manzil
- Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz, Turon MFY, Turon köçasi, 42
- Bank rekvizitlari
- «Ipak Yöli» AITB, h/r 20208000007557349001, MFO 01048
- Telefon
- +998 90 810 03 52
- info@mockint.uz