Toşkent tumanlari: qayerda uy olişda xavf belgilari köproq
Yangilangan:
Rasmiy oçiq manbalardagi belgilarni tumanlar böyiça yiğdik va xonadonlar soniga nisbatan hisobladik. Şahar böyiça örtaça har 1000 xonadonga taxminan 31,5 ta belgi töğri keladi.
Reyting
| Tuman | 1000 xonadonga | Sud işlari | Töxtagan qurilişdagi xonadonlar | Auksion | Özboşimça | Xonadonlar |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Mirzo Uluğbek | 53,3 | 777 | 4 447 | 172 | 9 | 101 364 |
| Olmazor | 45,0 | 1 742 | 1 130 | 167 | 6 | 67 666 |
| Çilonzor | 43,9 | 1 581 | 1 608 | 126 | 11 | 75 701 |
| Yakkasaroy | 41,8 | 617 | 870 | 122 | 4 | 38 566 |
| Yaşnobod | 36,1 | 1 423 | 1 911 | 229 | 28 | 99 496 |
| Şayxontohur | 27,9 | 1 185 | 442 | 127 | 19 | 63 513 |
| Uçtepa | 23,6 | 1 374 | 161 | 93 | 5 | 69 107 |
| Sergeli | 22,2 | 1 105 | 106 | 143 | 37 | 62 760 |
| Bektemir | 20,6 | 269 | 124 | 34 | 7 | 21 052 |
| Mirobod | 17,9 | 783 | 0 | 66 | 8 | 47 914 |
| Yunusobod | 16,6 | 1 003 | 433 | 167 | 15 | 97 355 |
| Yangihayot | 9,3 | 353 | 20 | 136 | 10 | 56 073 |
| 12 tuman | 31,5 | 12 212 | 11 252 | 1 582 | 159 | 800 567 |
Jadvaldan nimani köriş mumkin
- Mirzo Uluğbekda körsatkiç eng yuqori (53,3). Bunga asosan töxtagan yoki muzlatilgan qurilişdagi 4 447 ta xonadon sabab bölgan.
- Sud işlari eng köp Olmazor (1 742) va Çilonzor (1 581) tumanlarida.
- Töxtagan qurilişdagi xonadonlar eng köp Mirzo Uluğbek (4 447) va Yaşnobod (1 911) tumanlarida.
- Körsatkiç eng past Yunusobod (16,6) va Yangihayot (9,3) tumanlarida.
Qanday hisoblandi
Belgi deb tört narsani oldik: uy-joy böyiça sud işi (tumani qaror matnidan aniqlangan), töxtatilgan yoki muzlatilgan qurilişdagi xonadon (DŞK reestri), özboşimça qurilgan turar-joy (DŞK dalolatnomalari) va majburiy savdoga qöyilgan uy-joy (e-auksion.uz). Xonadonlar soni Milliy statistika qömitasidan olingan, 2025 yil oxiriga.
Körsatkiç taxminiy: sud işi bitta uy deb olinadi, qurilayotgan uylar uy-joy fondiga hali kirmagan. Tumani aniqlanmagan sud işlari (bir neçta tumanga xizmat qiladigan sudlar) hisobga olinmagan. Boş reja böyiça renovatsiya zonalari bu reytingga kirmaydi, ular haqida alohida maqola bor.
Reyting tumanlarni yaxşi va yomonga ajratmaydi. Körsatkiçi past tumanda ham muammoli uy uçraydi, şuning uçun aniq manzilni tekşiring.
1-tekşiruv bepul · Telegram orqali kiriş
Manzilni tekşirişKöp beriladigan savollar
Nega Yangi Toşkent tumani yöq?
Yangi tuman böyiça ma'lumotlar hali yetarli emas. Ular paydo bölganda jadvalga qöşiladi.
Mahalla böyiça ham körsa böladimi?
Ha, xaritani yaqinlaştiring: tuman → mahalla → bino. 5 tadan kam holat bölsa, son yaşiriladi.
Boşqa maqolalar
- Toşkent boş rejasi 2045: renovatsiya zonalari tumanlar böyiça
- Uy va kvartira oldi-sotdisi 2026: tartib, hujjatlar, notarius narxi va soliq
- Uy yoki kvartira taqiqda emasligini qanday tekşiriş mumkin
- Kadastr raqami: qanday aniqlaş va uy hujjatlarini qanday tekşiriş
- Zakalat (zaklad) va işonçnoma: uy uçun pul berişdan oldin nimani biliş kerak
- Novostroyka olişdan oldin quruvçi va obyektni qanday tekşiriş
- Majburiy auksiondagi uylar: nima uçun uy savdoga qöyiladi va nimani tekşiriş kerak